Baliqchi markaziy bozorida noqonuniy savdo rastalari olib tashlandi… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

🛍️ Baliqchi markaziy bozorida noqonuniy savdo rastalari olib tashlandi.

📍 Sanepidqo’mita Baliqchi bo’limi xodimlari tomobidan tuman markaziy bozorida hududdagi tartibni ta’minlash, savdo joylaridan belgilangan tartibda foydalanish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida ruxsatsiz o‘rnatilgan va belgilangan talablarga javob bermaydigan savdo rastalari aniqlanib, ularni hududdan olib tashlash ishlari amalga oshirildi.
🤝 Tadbirkorlar bilan suhbatlar davomida savdo faoliyatini qonuniy asosda olib borish, belgilangan savdo joylaridan foydalanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
📌Bozor hududida tartib va tozalikni ta’minlash, savdogarlar hamda xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha bunday nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
September 7, 2026 90