🍗 PARRANDA GO‘SHTI TO‘G‘RI TANLOV VA TO‘G‘RI TAYYORLASH MUHIM!
Parranda go‘shti, ayniqsa tovuq go‘shti, organizm uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli oqsil manbalaridan biridir. Oqsil mushaklar, suyaklar va boshqa to‘qimalarning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi.
🔹 Oqsilga boy — organizmning o‘sishi va to‘qimalarning tiklanishida muhim ahamiyatga ega.
🔹 Vitamin va minerallar manbai — parranda go‘shtida B guruhi vitaminlari, shuningdek, temir, rux va boshqa mikroelementlar mavjud.
🔹 Yog‘siz qismlari foydaliroq — terisi olib tashlangan parranda go‘shtida yog‘ miqdori nisbatan kam bo‘lishi mumkin.
🔹 Turli taomlar uchun mos — qaynatish, dimlash yoki pechda pishirish kabi usullar go‘shtni tayyorlashning maqbul variantlaridan hisoblanadi.
⚠️ Eng muhimi — xavfsizlik!
Parranda go‘shti xom holatda turli mikroorganizmlar bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Shu sababli:
✅ go‘shtni faqat ishonchli savdo joylaridan xarid qiling;
✅ xom go‘shtni tayyor mahsulotlardan alohida saqlang;
✅ xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘l, pichoq va taxta kabi jihozlarni yaxshilab yuving;
✅ parranda go‘shtini ichki qismi to‘liq pishguncha termik ishlovdan o‘tkazing;
✅ tayyor taomni xom go‘sht bilan bir xil idishda saqlamang.
September 7, 2026 98 1