🛍️ Baliqchi markaziy bozorida noqonuniy savdo rastalari olib tashlandi.
📍 Sanepidqo’mita Baliqchi bo’limi xodimlari tomobidan tuman markaziy bozorida hududdagi tartibni ta’minlash, savdo joylaridan belgilangan tartibda foydalanish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
✅O‘rganishlar davomida ruxsatsiz o‘rnatilgan va belgilangan talablarga javob bermaydigan savdo rastalari aniqlanib, ularni hududdan olib tashlash ishlari amalga oshirildi.
🤝 Tadbirkorlar bilan suhbatlar davomida savdo faoliyatini qonuniy asosda olib borish, belgilangan savdo joylaridan foydalanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
📌Bozor hududida tartib va tozalikni ta’minlash, savdogarlar hamda xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha bunday nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

September 7, 2026 84