GEPATIT “SOKIN” KECHUVCHI, AMMO JIDDIY KASALLIK ❗Gepatit — jigarni… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

GEPATIT “SOKIN” KECHUVCHI, AMMO JIDDIY KASALLIK

Gepatit — jigarni zararlovchi virusli kasalliklar guruhi bo‘lib, uning A, B, C, D va E turlari mavjud. Ayrim turlari qisqa muddatda kechsa, boshqalari surunkali shaklga o‘tib, jigar sirrozi yoki saratoniga olib kelishi mumkin.
💧 GEPATIT A
Asosan ifloslangan suv va oziq-ovqat, shuningdek, qo‘l gigiyenasiga rioya qilmaslik orqali yuqadi.
🩸 GEPATIT B VA C
Asosan zararlangan qon va biologik suyuqliklar orqali yuqadi. Steril bo‘lmagan tibbiy yoki kosmetologik asboblar, shuningdek, himoyalanmagan jinsiy aloqa xavf omillaridan hisoblanadi.
🦠 GEPATIT D
Gepatit B virusi mavjud bo‘lgan holatdagina rivojlanadi. Shu sababli B gepatitiga qarshi emlanish D gepatitidan ham himoyalanishga yordam beradi.
🥗 GEPATIT E
Ko‘pincha ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Ayniqsa homilador ayollar uchun xavfli kechishi mumkin.
🛡️ OLDINI OLISH — ENG YAXSHI HIMOYA!
Qo‘llarni sovunlab tez-tez yuving.
Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qiling.
Qon bilan ishlaydigan tibbiy va kosmetologik muolajalarda faqat steril asboblardan foydalaning.
Shaxsiy gigiyena buyumlarini — ustara, tish cho‘tkasi, manikyur anjomlarini boshqalar bilan bo‘lishmang.
Himoyalangan jinsiy hayot qoidalariga amal qiling.
💉 Gepatit A va B ga qarshi vaksinalar mavjud. Emlanish masalasida tibbiyot xodimiga murojaat qiling va belgilangan emlash jadvaliga rioya qiling.
September 4, 2026 153 1