XONADONLARDA DEZINFEKSIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

XONADONLARDA DEZINFEKSIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI.

🛡️Sanepidqo‘mita Bo‘ston tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan xonadonlarda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🧴 Dezinfeksiya — tashqi muhitdagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilish yoki zararsizlantirishga qaratilgan tadbir.
🏠 Xonadon egalariga yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun:
🔹 xonalarni muntazam shamollatish va tozalash;
🔹 qo‘llarni sovunlab yuvish;
🔹 toza ichimlik suvidan foydalanish;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash;
🔹 meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish tavsiya etildi.
🛡️ Tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish yuqumli kasalliklarning oldini olishning muhim omilidir!
September 4, 2026 102