Gigiyenik bilim salomatlik asosi. 🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

📚 Gigiyenik bilim salomatlik asosi.

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan FAZO GROUP MChJ tikuv-trikotaj korxonasi oshxonasi xodimlari uchun “Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash” kursi tashkil etildi.
🧼 Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi oshxona xodimlarida shaxsiy gigiyena, sanitariya talablariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ishlash hamda sog‘lom turmush tarziga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
🥗 O‘quv jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri qabul qilish va saqlash, taom tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, qo‘l va ish kiyimi tozaligiga rioya etish, oshxona jihozlarini sanitariya holatida saqlash, shuningdek, ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
September 9, 2026 126 1