Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi: post #10210 — TG.ME

🚻 Jamoat hojatxonasi sanitariya madaniyatining muhim ko‘rsatkichi

🧼 Jamoat joylaridagi hojatxonalar foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi bilan birga, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi lozim. Tozalik va gigiyenaga rioya qilinmasligi esa turli infeksiyalar tarqalishiga sharoit yaratishi mumkin.
🔹 Jamoat hojatxonalarida quyidagi talablar muhim:
💧 Suv ta’minoti — hojatxona sifatli suv bilan ta’minlangan, qo‘l yuvish uchun yetarli sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.
🧴 Gigiyena vositalari — qo‘l yuvish joylarida sovun va zarur gigiyenik vositalar bo‘lishi lozim.
💡 Yetarli yoritish — hojatxona xonalari va yondashuv joylarida sanitariya holatini nazorat qilish hamda xavfsiz foydalanish imkonini beradigan yetarli tabiiy yoki sun’iy yoritish ta’minlanishi zarur.
🌬️ Shamollatish — xonalarda havo almashinuvi yetarli bo‘lishi, yoqimsiz hidlar to‘planishining oldi olinishi kerak.
🧹 Tozalik — pol, devorlar, sanitariya jihozlari va boshqa yuzalar muntazam tozalanib, yuvilishi hamda belgilangan tartibda dezinfeksiya qilinishi lozim.
🚽 Sanitariya jihozlari — unitaz, rakovina va boshqa jihozlar soz holatda saqlanishi, oqova suvlarning o‘z vaqtida chiqarilishi ta’minlanishi kerak.
🗑️ Chiqindilarni yig‘ish — chiqindi uchun maxsus idishlar o‘rnatilib, ular o‘z vaqtida bo‘shatilishi va tozalanishi zarur.
🧽 Tozalash inventarlari — tozalash vositalari va inventarlar belgilangan tartibda saqlanishi, ulardan sanitariya talablariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Qulaylik va xavfsizlik — imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham foydalanishga qulay sharoitlar yaratish muhim.
⚠️ Yodda tuting: jamoat hojatxonasidagi ozodalik shaxsiy gigiyena emas, balki jamoat salomatligini muhofaza qilishning ham muhim qismidir.