🏘 MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI ORQALI XONADONLARDA TARG’IBOT TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI.
🔹Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Istiqlol va Shodlik MFY hududlarida mahalla faollari bilan hamkorlikda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
🚪 Xonadonma-xonadon yurilib, aholiga mavsumiy kasalliklar, jumladan virusli gepatit, suvchechak, ovqatdan zaharlanish, botulizm hamda zoonoz kasalliklarining kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlari haqida tushuntirishlar berildi.
📌 Shuningdek, kasalliklarning oldini olishga oid eslatmalar tarqatilib, xonadonlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
🤝 Bunday mahallabay targ‘ibot va profilaktika ishlari aholining sanitariya madaniyatini oshirish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
September 3, 2026 115


