QIZAMIQ JIDDIY YUQUMLI KASALLIK! ⚠️ Qizamiq — havo-tomchi yo‘li… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

🦠 QIZAMIQ JIDDIY YUQUMLI KASALLIK!

⚠️ Qizamiq — havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan, juda yuqumli virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar orasida tez tarqalishi mumkin.
🌡 Asosiy belgilari:
🔹 yuqori isitma;
🔹 yo‘tal, aksirish, burun bitishi;
🔹 ko‘zlarning qizarishi va yoshlanishi;
🔹 og‘iz bo‘shlig‘ida mayda oq dog‘lar;
🔹 yuz va tanada toshmalar paydo bo‘lishi.
🚨 E’tibor bering!
Qizamiq pnevmoniya, o‘rta quloq yallig‘lanishi, ich ketishi hamda miya yallig‘lanishi kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
💉 QIZAMIQDAN ENG ISHONCHLI HIMOYA EMLASH!
Farzandingizni milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlating;
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling;
kasallik belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling;
qizamiq bilan kasallangan shaxs bilan muloqotni cheklang.
ESDA TUTING: Qizamiqning oldini olishda emlash eng samarali himoya vositasidir. Farzandingiz salomatligi uchun mas’uliyatli bo‘ling!
September 3, 2026 143 2