URGUTDA “MAHALLABAY” TIZIM ASOSIDA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Urgut tumanida elektr ta’minoti va energiya samaradorligini oshirish maqsadida “mahallabay” tizim asosida 116 ta mahallada tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayonda energiya iste’moli balansini shakllantirish, elektr tarmoqlari va uskunalarni xatlovdan o‘tkazish, hisoblagichlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, texnik yo‘qotishlarni kamaytirish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali ishchi guruhi tarkibidagi profilaktika inspektori hamda soha xodimlari tomonidan barcha mahallalarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.






