URGUTDA YOQILG‘I-ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT… — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot — TG.ME

📌📌📌📌📌📌

URGUTDA YOQILG‘I-ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun Urgut tuman elektr ta’minotida Bosh prokuror o‘rinbosari S. Samadov rahbarligida yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda tegishli idoralar, ularning hududiy hamda quyi tizimlari rahbarlari, shuningdek, shtab a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda joriy yilning 27-iyul kuni davlatimiz rahbari tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, energiya resurslari uchun to‘lov intizomini mustahkamlash, debitor qarzdorlikni qisqartirish, energiya samaradorligini oshirish, elektr tarmoqlaridagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirish hamda boshqa muhim yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, Urgut tumanida energiya samaradorligini oshirish borasida yangicha tizim asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan biriktirilgan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul idora rahbarlari va hududiy shtab a’zolariga vazifalarni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
September 4, 2026 5.4K 17