PAXTAKOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida aholini yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar o‘z yakuniga yetdi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududdagi elektr ta’minoti yaxshilanib, aholiga yanada barqaror va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati yaratildi.
Mazkur amaliy ishlar xususida Jizzax telekanalining “Zamin” axborot dasturi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.