"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot: #26848-post — TG.ME

📌📌📌📌📌📌

HUDUDLARDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA


Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida hududlarda mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Guliston shahar elektr ta'minoti tomonidan 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 95.2 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari, 38 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash hamda 141,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari, 80 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.


Ushbu ishlar natijasida hududdagi iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi barqarorligi yanada yaxshilanadi

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
September 4, 2026 4.2K