KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — BARCHANING VAZIFASI Bugun… — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot — TG.ME

📌📌📌📌📌📌

KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — BARCHANING VAZIFASI
 
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
 
Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bо‘limi), viloyat prokuraturasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida tashkil etildi. Unda filial hamda “Energosavdo” viloyat bо‘linmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
 
Tadbirda korrupsiya mamlakatimiz taraqqiyotiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani ta’kidlanib, korrupsiyaning har qanday kо‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bо‘lish, qonun ustuvorligi va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish muhimligi qayd etildi.
 
Shuningdek, manfaatlar tо‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy va kasbiy bilimlarini muntazam oshirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Shu bilan bir qatorda, tadbirda xodimlarning xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori, jamoatchilik bilan munosabatlariga oid odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi.
 
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
September 2, 2026 2.6K 3