MUSTAQILLIK TENGDOSHI Mustaqillik — men uchun shunchaki bayram yoki… — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot — TG.ME

📌📌📌📌📌📌

MUSTAQILLIK TENGDOSHI

Mustaqillik — men uchun shunchaki bayram yoki sana emas. U — butun hayotim mazmuni, taqdirim va mehnat faoliyatim bilan chambarchas bog‘liq buyuk tushuncha.

Men ham Mustaqillik tengdoshiman. Yurtimiz mustaqillikka erishgan yillarda men ham hayotga qadam qo‘yib, shu aziz Vatan bilan birga ulg‘aydim, birga kamol topdim.

Bugun faoliyat yuritayotgan soham, tanlagan kasbim, orttirgan tajribam va hayotdagi qarashlarimning shakllanishida Mustaqillik yillarining o‘rni beqiyos. Shu yillar davomida kasbimning sir-asrorlarini o‘rgandim, mehnatning qadrini, mas’uliyatni, jamoa bilan ishlashni va eng muhimi, Vatanga xizmat qilish qanday sharaf ekanini angladim.

Men o‘z kasbimni sevaman. Chunki bu kasb orqali men yurtimiz taraqqiyotiga, odamlar farovonligiga o‘z hissamni qo‘shayotganimni his qilaman.

Erishganlarimiz bilan faxrlanaman va hali oldinda amalga oshiriladigan ezgu ishlarimiz ko‘pligiga ishonaman.

Mustaqillik — mening hayotim, kasbim, g‘ururim va kelajakka ishonchim!

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
September 2, 2026 4K 2