MUSTAQILLIK BIZGA NIMA BERDI?
Bugun yurtimizdagi har bir xonadon, har bir tashkilotdagi yorugʻlik ortida oʻz kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan fidoyi insonlar bor.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari uchun Mustaqillik – bu nafaqat ulugʻ qadriyat, balki Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yoʻlida halol mehnat qilish, yurtdoshlarimiz xonadonlariga nur yetkazishdek masʼuliyatdir.
Mustaqillik bizga erkin mehnat qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohani rivojlantirish va yurtimiz energetika salohiyatini yanada yuksaltirish imkonini berdi.
Lavhamiz qahramonlari oʻzlarining “Mustaqillik bizga nima berdi?” degan savolga javoblari orqali bu ulugʻ neʼmatni oʻz mehnati misolida ifoda etadilar.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin!
Birgalikda yorugʻ kelajak sari!