#kitobdan
Eh, afandim! Roman – bu katta yo‘ldan ko‘tarib borayotgan ko‘zguning o‘zginasi-ku, axir. U sizga goh lojuvard osmonni, goh iflos ko‘lmak va do‘ngliklarni aks ettirib ko‘rsatadi. Bir odam inqillab-sinqillab katta ko‘zgu ko‘tarib boryapti, siz esa bu odamni axloqsizlikda ayblaysiz! Uning ko‘zgusi iflos narsalarni aks ettiradi, sizlar esa ko‘zgudan o‘pkalaysizlar! Undan ko‘ra hamma yog‘ini iflos ko‘lmaklar bosib yotgan o‘sha katta yo‘ldan o‘pkalanglar, yanayam yaxshirog‘i esa – yo‘lda axlat yig‘ilishiga va unda ko‘lmaklar hosil bo‘lishiga imkon bergan yo‘l noziriga ayb qo‘yinglar.
Stendal "Qizil va qora"
February 27, 2025 353 1