Shu paytgacha PhD menga nimalarni o‘rgatdi? @grants_hunter O‘tgan yil… — Shodiyor | Grants Hunter — TG.ME

Shu paytgacha PhD menga nimalarni o‘rgatdi?
@grants_hunter

O‘tgan yil noyabr oyida Avstraliyaga PhD qilish uchun kelgandim. O‘shandan beri deyarli bir yilga yaqin vaqt o‘tdi. Shu vaqt ichida nafaqat ilmiy tomondan, balki o‘zim haqimda ham juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Balki xorijda PhD qilish haqida o‘ylayotganlar uchun mening tajribam qandaydir foydali bo‘lar.

1. PhD meni yerga “tushirib qo‘ydi”. PhD boshlashdan oldin o‘zimni ancha muvaffaqiyatli odam deb his qilardim. Ishlarim joyida, har taraflama o‘zimga ishonganman, ustiga-ustak Avstraliyaga PhD’ga qabul qilindim. Xullas, “hammasi menda o‘xshaydi” degan kayfiyat bor edi.

Hali ham esimda: supervisorim bilan birinchi suhbatlardan birida “birinchi defensega thesisning ikkita chapterini tayyorlab kelaman” degandim. Supervisorim biroz hayron bo‘lgandi. Oxirida esa… bitta chapter bilan bordim...

PhD menga shuni ko‘rsatdiki, oldingi qilganlarim va erishganlarim bu yerda unchalik katta ahamiyatga ega emas. Ilmiy tadqiqotda har kuni qaytadan o‘zingizni isbotlashingiz kerak. Va bu yomon narsa emas. Aksincha, odamni ancha realist qiladi...

[Toʻliq oʻqish]

@grants_hunter - join us!
❤30
September 2, 2026 2.5K 5 12