Men qanday o‘rganaman?
@grants_hunter
Bugun asosiy o‘rganish uslubim haqida yozgim kelib qoldi. Balki, kim uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik uchun tashqaridan qaraganda, qattiq mehnat qiladigan o‘rganuvchi sifatida ko‘rinishim mumkin. Aslida, unchalik emas.
Masalan, istalgan narsani o‘rganish jarayonimda, yolg‘iz qolishni afzal ko‘raman. Lekin bu menga dars qilishim uchun mutloq tinchlik kerakligini anglatmaydi. Bolaligimda oynayi jahonni yoqib qo‘yib dars qilar edim, hozir ham bu odat saqlanib qolgan. Quloqchinlarda sevimli ashulalarimni qo‘yib qo‘yaman. Aks holda, tinchlikdagi idrokim boshqa narsa va muammolar haqida o‘ylashga o‘tib ketishi mumkin va yana bu quloqchinda bo‘lsangiz, ortiqcha tashqaridan bezovta qilishmaydi.
To‘xtovsiz dars qilish vaqtim qisqaroq uzoqi har bir yarim soatda 15-20 daqiqa tanaffus olaman: ko‘chaga yoki bog‘ga chiqaman, u-bu narsa yeb kelaman, kim bilandir gaplashaman yoki qanaqadir mashq qilaman.
Dars qilish manzillarim doimo o‘rgaruvchan, imkon qadar turli joylarga borib dars qilishni yaxshi ko‘raman. Zeriktirmaydi, yangi joy — yangi muhit. Bir kun oliygohimdagi ish joyimda, bir kun hududiy kutubxonada, boshqa kun shahar kutubxonasida yoki boshqa kun qanaqadir qahvaxonada. Bir manzilda ko‘rgan odam meni bir xaftalardan keyin o‘sha yerda ishlatishi mumkin.
Yana bir jihat — ko‘p narsa tashib yurish yoqmaydi. Imkon qadar, xech narsa ko‘tarmasam deyman. Oliygohga borsam, xech narsa olib bormayman, o‘sha yerga olib borib qo‘yganman. Boshqa joylarda esa faqat ko‘chma raqamli hisoblash qurilmasini olaman. Umumiy olganda, usulim ko‘p quvvat va vaqt sarflash emas, samarali ishlash hisoblanadi.
@grants_hunter — bizga qo‘shiling!!!
19
3
2
1
1September 5, 2026 1.5K 4 7