Bu dunyoning tomi ketayotgandek @grants_hunter 12 jurydan 11 nafari… — Shodiyor | Grants Hunter — TG.ME

Bu dunyoning tomi ketayotgandek
@grants_hunter

12 jurydan 11 nafari Lindsay Clancy (uch farzandini o‘ldirgan ayol) foydasiga — faqat 1 nafari qarshi (yaxshiyamki, cheksiz rahmatlarim ushbu sudyaga). Hali ham yakuniy qarorga kela olishmayapti.

Agar Lindsay haqiqatan ham o‘zi nima qilayotganini anglamagan ruhiy holatda bo‘lgan bo‘lsa, bu ish ham Lauren Dickason ishiga o‘xshash yakun topishi kerak: qilmishi uchun criminally responsible deb topilib, lekin uning og‘ir ruhiy holati jazoni belgilashda jiddiy hisobga olinishi kerak. Qandaydir psixiatriya muassasasiga yuborishning o‘zi adolatli jazo emas va bu bilan bolalarni yana potensial xavfga qoʻyamiz.

Ma'lumot uchun, Lauren Dickason ishi: u 2021-yilda Yangi Zelandiyada uch nafar qizini o‘ldirgan. Jury uni uchta murder bo‘yicha aybdor deb topib, insanity va infanticide himoyalarini rad etgan. Biroq sudya uning og‘ir ruhiy holatini hisobga olib, umrbod qamoq jazosini “manifestly unjust” deb topdi va 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


@grants_hunter - join us!
❤15🔥4💯2👍1😁1
September 5, 2026 2.2K 4