Ba'zan qiziqarli va kulguli narsalarga ham qiziqib ko‘raman. Bugun… — Shodiyor | Grants Hunter — TG.ME

Ba'zan qiziqarli va kulguli narsalarga ham qiziqib ko‘raman. Bugun Amerika xaritasini ko‘rayotganimda, Virginia nomiga ko‘zim tushdi va bu nom qanaqa qilib paydo bo‘lgani haqida savol paydo bo‘ldi. Biroz ma'lumot qidirib ko‘rdim. Bu nom kelib chiqishi, Qirolicha Elizabeta I nomi bilan bog‘liq ekan. U xech qachon turmush qurmaganligi sababli "Virgin Queen" deb atalgan ekan. Virginia hududining nomi aynan shu qirolicha nomiga atalgan.

Yana bir qiziq fakt, Amerikada birinchi tug‘ilgan ingliz chaqoloqga ham Virginia Dare ismi qo‘yilgan ekan. Menimcha, bu nomning o‘zbek tilidagi sinonimi Pokiza ismi bo‘lsa kerak.


@grants_hunter - join us!
😁63❤15🔥8💯5💘1
September 6, 2026 2.2K 8 4