Talabalikka_bag'ishlov 🏛Farg'ona davlat universitetida yangi oʻquv… — Farg‘ona davlat universiteti — TG.ME

#Talabalikka_bag'ishlov

🏛Farg'ona davlat universitetida yangi oʻquv yili koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlagan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🧠 Qiziqarli va mantiqiy savollar, jamoaviy hamkorlik hamda sog‘lom raqobatga boy kechgan bellashuvda talabalar o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar.

Tadbir yangi talabalar uchun oliygoh hayotiga moslashish, do‘stlar orttirish va bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Barcha talabalarga o'qish davrida ulkan muvaffaqiyat, yuksak marralar va unutilmas taassurotlar tilaymiz!

Talabalik muborak bo‘lsin! 🎉📚

🔗FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
🔥3🏆1
September 7, 2026 1.2K 2 1