#Bilasizmi
❗️ Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:
🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 504 000 so‘m;
🔹 yoshga doir eng kam pensiya – 983 000 so‘m;
🔹 nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 083 000 so‘m;
🔹 mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 083 000 so‘m;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (983 000 so‘mdan) 1 083 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 083 000 so‘m;
🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 878 000 so‘m;
🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 878 000 so‘m.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

5September 8, 2026 1.5K 2