Talabalikka_bag'ishlov FarDUda yangi o'quv yili va “Yagona Vatan… — Farg‘ona davlat universiteti — TG.ME

#Talabalikka_bag'ishlov

FarDUda yangi o'quv yili va “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida talabalikka bag‘ishlov tadbiri hamda “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi.

Mazkur bayramona tadbirda fakultet rahbariyati, ustozlar, talabalar hamda ularning quvonchiga sherik bo‘lib kelgan hurmatli ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlarni talabalik maqomi bilan qutlab, yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning ilm cho‘qqilarini zabt etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Ota-onalar farzandlarining erishayotgan yutuqlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, ustozlarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan tadbir va mustaqillik darslari yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

🔗FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
🔥3
September 7, 2026 1.1K 2