Talabalikka_bag'ishlov 🏛 Farg‘ona davlat universitetida yangi… — Farg‘ona davlat universiteti — TG.ME

#Talabalikka_bag'ishlov

🏛 Farg‘ona davlat universitetida yangi 2026–2027-o‘quv yili munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tdi.

🎓 Unda FarDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Shuxratov hamda tilshunoslik kafedrasi professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, olim va shoir Siddiq Mo‘min ishtirok etib, talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdilar.
So‘zga chiqqanlar yosh avlodga o‘qish va ilmiy izlanishlarida yuksak muvaffaqiyatlar tilab, ularni

Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga hamda universitet sha’nini munosib himoya qilishga
chorladi.
🇺🇿 Shuningdek, Harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i podpolkovnik A. Raximov tomonidan talabalarga “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

🔗FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
❤3
September 7, 2026 1.1K 6