Farg‘ona davlat universiteti: #23837-post — TG.ME

#Seminar

📌FAKULTET DEKAN O‘RINBOSARLARI VA TYUTORLAR UCHUN SEMINAR

🏛Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdi.

👉Unda Odob-axloq kodeksi, universitetning ichki tartib-qoidalari, shuningdek, Talabalar turar joyidagi tartib-qoidalar yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.

🔷Seminarda yangi o‘quv yilida tyutorlarning talaba-yoshlar bilan ishlashdagi dolzarb vazifalari, jumladan, “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari va “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish hamda universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔗FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
September 8, 2026 1.2K 1 1