Oliy o‘quv muassasalari yangi avlodni qarshi oldi Farg‘ona davlat… — Farg‘ona davlat universiteti — TG.ME

Oliy o‘quv muassasalari yangi avlodni qarshi oldi

Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026-2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri yoshlarning yangi hayot bosqichiga kirib kelganini nishonlash bilan birga, ularning oldida turgan ulkan vazifalar va imkoniyatlarni yana bir bor eslatdi.

FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov tadbirda talabalik inson hayotidagi eng unutilmas va mas’uliyatli davrlardan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni bilim olishga, izlanishga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga va universitet sha’nini munosib himoya qilishga chorladi.

Tadbir davomida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalar va ularning ota-onalariga rahbariyatning tashakkurnomalari topshirildi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
September 8, 2026 1.1K 1