Murojaatim qizlarga:
Muslima qiz erkak kishi kanalidagi har bir postga izoh yozmaydi. Video yuborsa ham > izoh, kulgan stiker jonatsa ham > izoh, faqat erkaklarga qaratilgan postga ham > izoh.
Muslima qiz obro’sini, hurmatini saqlaydi. Qadrini bema’ni izohlar bilan tushirmaydi. Qimmatli vaqtini izohlar orasida sarflamaydi.
Erkaklar davrasida o’tirib, erkak kishi aytgan har gapga javob qaytara olasizmi? Sizdan so’ralmagan taqdirda? Uyalasizku axir, nega shu ishni onlayn qilyapsiz. Sizning sharafingiz keraksiz izohlar bilan o’lchanib qolyapti…
O’ylab ko’ring, siz a’zo bo’lgan kanallar rostan keraklimi? Manfaatli kanal egalari kuniga 10-20 ta post yozmaydilar, chunki buncha vaqtlari yo’q. Sizga foydali emas ekan, nima qilasiz obuna bo’lib? Postlarni o’qishga ketgan vaqt + o’ylashga ketgan vaqt + izoh yozishga ketgan vaqt + sizga javob qaytargan odam bilan tortishishga ketgan vaqt. Bu vaqtning ham javobi bor.
Sharafingiz yuksak bo’lsin, noyob bo’ling. Har kirgan kanal izohida siz bo’lmang. O’zingiz bilan band bo’ling. Kun tartibini shunday tuzingki, foydasi zararidan kam ishlarga vaqt qolmasin.
Oila qurguncha ham “bo’sh vaqtingizda nima qilasiz?” deya savol berishdan avval o’zingizga qarang. Izohlar malikasiga izohlar qiroli uchraydi katta ehtimol. Kelajakda shu holga tushmaslik uchun hozir vaqtingizni qadriga yeting.
August 19, 2026 1.1K 24