Mahbubdan kelgan narsa ham mahbubdir.
Bizga nima berilgan - barchasini Alloh berdi. Ne’mat, yaxshilik, boylik, xulq, ilm, sinov, mashaqqat, ota-ona, farzand, do’st barchasini.
Allohdan keldimi, u kelib bo’ldi, endi qabul qilish kerak. Qanday qabul qilyapti inson - mana shu joyda farq bor.
Alloh sizga nimani taqsim qilgan bo’lsa, to’liq rozilik bilan qabul qiling. “Nega man?”, “Falonchida hammasi yaxshiku” va hkz. demaysiz shunda. Alloh berdimi - shu ekan xayrlisi, shuni taslimiyat bilan qabul qiling.
Shukur qiling va qanoat qiling. Allohning “shukur qilsangiz, ziyoda qilaman” degan va’dasi bor.
Ziyoda qilishi uchun shukur qilmang. Meni onamdan ko’proq yaxshi ko’radigan Allohdan keldi deb shukur qiling.
Qalbida Allohning taqdiriga rozilik bor insonga Allohdan uzoqlashishdan ko’ra katta musibat bo’lmaydi.
Alloh “Robbim” degan bandasini zoye qilmaydi.
August 30, 2026 351 18