AYOLLAR UCHUN AQSHDA O‘QISHGA $25,000 GACHA FELLOWSHIP! AQShda… — Baxtiyorova Farangiz🪐 — TG.ME

🇺🇸 AYOLLAR UCHUN AQSHDA O‘QISHGA $25,000 GACHA FELLOWSHIP!

AQShda magistratura yoki doktorantura o‘qishni rejalashtirayotgan qizlar uchun yana bir ajoyib imkoniyat — AAUW International Fellowships.

🎓 Dastur STEM yo‘nalishlarida tahsil oladigan xalqaro ayollar uchun mo‘ljallangan.

💰 Fellowship miqdori:
— Master’s degree: $20,000
— Doctoral degree: $25,000

📌 Asosiy talablar:
• Ayol bo‘lish;
• AQSh fuqarosi yoki Green Card egasi bo‘lmaslik;
• STEM yo‘nalishidagi magistratura yoki doktorantura dasturiga qabul qilingan yoki o‘qishni boshlagan bo‘lish;
• GPA kamida 3.5/4.0;
• Ingliz tili sertifikati (IELTS kamida 6.5, TOEFL iBT 79 va boshqa qabul qilinadigan sertifikatlar mavjud);
• Ayollar va qizlar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat yoki maqsadga ega bo‘lish.


⏰ Ariza topshirish muddati:
17-sentabr 2026-yil, 17:00 (ET)


🔗 Batafsil ma’lumot va ariza:
AAUW International Fellowships⁠

@grantswithfarangizusa
AAUW : Empowering Women Since 1881
International Fellowships
❤4🔥2
September 8, 2026 769 1 12