👨🎓👩🎓 Shu yili o‘qishga kirib, talabalik baxtiga sazovor bo‘lgan barchani chin qalbimdan tabriklayman.
Universitet shunchaki diplom olish uchun o‘qiladigan 4 yil emas. Bu o‘zingizni kashf qiladigan, yangi imkoniyatlarni sinab ko‘radigan va kelajagingiz uchun poydevor qo‘yadigan muhim davr.
Bakalavr davringizdagi imkoniyatlardan maksimal foydalanishingiz uchun o‘z tajribamdan kelib chiqib, bir nechta maslahat:
1. Esda tuting: 4 yil juda tez o‘tib ketadi.
Hozir nima qilishni, qaysi yo‘ldan ketishni bilmaysizmi? Siz yolg‘iz emassiz.
Men ham birinchi kursni boshlaganimda: “Endi-chi? Buyog‘iga nima?” degan savollar bilan yurganman. Lekin qo‘rqmang, vaqt o‘tishi bilan asta-sekin o‘zingizni va yo‘lingizni topa boshlaysiz.
2. Atrofingizda o‘zingizdan kuchliroq odamlar bo‘lsin.
Do‘stlaringiz siz bilmagan narsalarni bilsin, sizda yo‘q ko‘nikmalarga ega bo‘lsin. O‘zingizdan katta, bilimli va maqsadli aka-opalar bilan ham yaxshi munosabatda bo‘ling.
Yaxshi muhit sizni ham o‘sishga majbur qiladi.
3. Bo‘sh vaqtingizni imkoniyatga aylantiring.
IELTS yoki TOEFL yo‘qmi? Bo‘sh vaqtingizda unga tayyorlaning. 2–3-kurslarda oldingizda ko‘plab grant va stipendiya imkoniyatlari chiqadi. Lekin sertifikat yo‘qligi sababli ularga topshira olmay qolishingiz mumkin. Men ham IELTS yo‘qligi sababli 1-2-kursda ko’p imkoniyatlarni o‘tkazib yuborganman.
4. Ingliz tilini bilsangiz, yangi ko‘nikma o‘rganing.
Yangi til, professional skill yoki kelajagingiz uchun foydali boshqa qobiliyatni rivojlantiring.
Bugungi mehnat bozorida faqat ingliz tilini bilishning o‘zi har doim ham yetarli emas.
5. GPA’ingizni yuqori saqlang.
Baholaringizga befarq bo‘lmang. Kuchli akademik natijalar chet el magistraturasi va turli davlat stipendiyalariga topshirishda katta ahamiyatga ega.
6. Faol bo‘ling!
Universitet ichida ham, tashqarisida ham turli loyihalar, tanlovlar va tadbirlarda o‘zingizni sinab ko‘ring. Nima sizga haqiqatan yoqishini va kelajakda qaysi yo‘nalishda ketishni aynan sinab ko‘rish orqali tushunasiz.
Sohangizga doir amaliyotlarga qatnashing.
Hozircha shular. 🤍
Videoda esa sizdek universitetni yaqinda boshlagan, ko‘p narsalarga erishishni xohlaydigan 2-kurs Farangiz.🫣
@grantswithfarangiz