Ko‘pchilik uchun bu “shunchaki diplom”dek ko‘rinishi mumkin. Aslida esa u sizga ancha katta imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
1. Avvalo, dunyoqarashingiz kengayadi
Yangi ta’lim tizimi, yangi madaniyat, o‘ziga xos odatlar, dunyoning turli davlatlaridan kelgan insonlar bilan birga o‘qish va yangi manzillarga sayohat qilish imkoniyati.
2. Xalqaro karyera qilish imkoniyati
Xalqaro nufuzli universitet diplomi siz uchun katta professional oldinlash bo‘lishi mumkin. Chunki endi imkoniyatlaringiz faqat bitta mamlakat mehnat bozori bilan cheklanib qolmaydi.
Misol uchun, International Relations, International Law yoki Public Policy kabi yo‘nalishlarda magistratura qilgan inson BMT, World Bank, IMF, WTO kabi xalqaro tashkilotlarda yoki xalqaro kompaniyalarda karyera qilishni maqsad qilishi mumkin.
Masalan, BMT tizimida P-2 professional lavozimlardan boshlang‘ich darajalardan biri hisoblanadi. Bazaviy maosh P-2 uchun taxminan $56,046–$74,640/yil. Nyu-Yorkda post adjustment hisobga olinganda, P-2 Step 1 uchun net remuneration taxminan $98,417/yil, ya’ni oyiga $8,200 atrofida bo‘ladi.
Bu oyiga taxminan 97 mln so‘m degani.
Albatta, bu maoshga ega bo‘lish uchun faqat magistr diplomi yetarli emas - tegishli tajriba va lavozim talablari ham mavjud.
3. “Men O‘zbekistonda karyera qilaman” desangiz ham siz uchun zo’r imkoniyatlar bo’ladi.
Xorijda TOP universitetda o‘qib, keyin O‘zbekistonga qaytishingiz ham sizga moliyaviy jihatdan qo‘shimcha imkoniyat berishi mumkin.
Prezident 6260-sonli farmoniga ko‘ra, tegishli shartlarga javob beradigan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga TOP universitet reytingiga qarab qo‘shimcha ustama belgilanadi.
Magistratura uchun:
🥇 TOP 1–100 talik universitetda o’qisangiz - 40 BHM
🥈 TOP 101–300 talik bo’lsa - 30 BHM baravari
2026-yil 1-sentabrdan BHM 440 000 so‘m bo‘lgani uchun bu:
TOP 1–100 → 17,6 mln so‘m oyiga qo‘shimcha
TOP 101–300 → 13,2 mln so‘m oyiga qo‘shimcha
degani.
Bu ustama oylik maoshingizga qo’shimcha tariqasida beriladi. 50 mln oylik olsangiz + 17.6 mln so’m degani.
Demak, TOP universitetda magistratura qilish - shunchaki “chet elda o‘qib kelish” emas.
Bu sizga yangi dunyoqarash, xalqaro networking, xalqaro karyera imkoniyatlari va O‘zbekistonga qaytganda ham qo‘shimcha professional va moliyaviy imkoniyatlar berishi mumkin.
@grantswithfarangizus
Sizningcha yana qanday foydali tomonlari qolib ketdi?


