Madinajon!
Boray desam yoʻllaring
Har qadam zina zina
Buncha nozik bellaring
Madinajon, Madina
Osmondagi oyligim
Mani erkatoyligim
Zebu zarim, boyligim
Madinajon, Madina
Yuragimni ol mana
Yonginamda qol mana
Borimni beray yana
Madinajon, Madina
Xumor koʻzli yagonam
Bittagina bir donam
Jonimdagi janonam
Madinajon, Madina
Kuylaringni soziman
Bahorlaring yoziman
Nima desang roziman
Madinajon, Madina
Kel kelaqol sevgilim
Bogʻda ochilgan gulim
San mani joni dilim
Madinajon, Madina
Sochlari tim qorasan
Mayda qilib oʻrasan
Qochib qayga borasan
Madinajon, Madina.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 23.07.2026 yil.
August 28, 2026 118 4