Laqqillatib ketdinga! Yuragimni darchasin Taqillatib ketdinga Sevaman… — ✍️Farhod Moʻmin — TG.ME

Laqqillatib ketdinga!


Yuragimni darchasin
Taqillatib ketdinga
Sevaman deb yolgʻondan
Laqqillatib ketdinga

Qor erimay qishimni
Chala qolgan ishimni
Oʻttiz ikki tishimni
Shaqqillatib ketdinga

Husning tengi yoʻqdayin
Vasling olov choʻgʻdayin
Hijronlaring oʻqdayin
Paqqillatib ketdinga

Sevdim desam oʻzingni
Qora qoshu koʻzingni
Kibr bilan yuzingni
Yarqillatib ketdinga

Dardi uzoq darmonga
Sherik qilib armonga
Orzularim ummonga
Gʻarqillatib ketdinga

Qiynading mani atay
Dardimni kimga aytay
Muhabbatim chumchuqday
Chirqillatib ketdinga

Yolgʻonlaring doʻl qilib
Oʻzinga bir yoʻl qilib
Men soddani goʻl qilib
Laqqillatib ketdinga.

+998906783795
+998996683795.

(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)

Farhod Moʻmin. 26.07.2026 yil.
September 1, 2026 70