Dil beribman dilsizlarga!
Sevgi yolgʻon, sevgi ertak
Gul tutmagin gulsizlarga
Men devona, gʻarib tentak
Dil beribman dilsizlarga
Yuragimni qildim tortiq
Sevgi bormi bundan ortiq
Yolgʻonchiyu qahri qattiq
Dil beribman dilsizlarga
Zor yigʻladim, bitta kulmay
Nasihatga quloq ilmay
Yosh boshimga bilib bilmay
Dil beribman dilsizlarga
Azob berib toʻyishmadi
Oʻz holimga qoʻyishmadi
Dardlarimni bilishmadi
Dil beribman dilsizlarga
Koʻz yoshlarim koʻlday oqqan
Yolgʻonlari dilim yoqqan
Yuzlariga niqob taqqan
Dil beribman dilsizlarga
Kuyib ketdim ozorida
Jonim yotar mozorida
Muhabbatning bozorida
Dil beribman dilsizlarga
Jismu jonim tilim tilim
Tikan boʻldi suygan gulim
Xato boʻlib yurgan yoʻlim
Dil beribman dilsizlarga.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 27.07.2026 yil.
September 1, 2026 48 1