"Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i: post #4818 — TG.ME

#ILMIY_MONITORING

⚡️Hind Asalxo'ri
⚡️Индийский медоед
⚡️Mellivora capensis


📕O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan.
Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi tasarrufidagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departmenti ''Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i hududida o'rnatilgan fotoqopqonga butunlay yo'q bo'lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan Hind аsalxo'ri tasvirga tushdi.
Ushbu tur O'zbekistonda Janubiy Ustyurt, Sariqamish botig'i, Xorazm vohasi atroflarida tarqalgan.
Hind Asalxo'ri asosan-karstdan tashkil topgan g'orlar, jarliklarga boy gipsli-shag'alli sahrolar, qiyaliklar va chink darasi, sho'rxoq yerlarda yashaydi. Oqshomda va tunda, ba'zan kunduzi faol. Inida, kichik g'orlarda berkinib yotadi. Juftlashishi oktyabr-noyabrda, aprel-mayda bolalaydi. Umurtqasizlar, sudralib yuruvchilar, mayda sutemizuvchilar va qushlar, meva va ildizmevalar bilan oziqlanadi.

Telegram / Facebook / Instagram
👍4❤3
August 27, 2026 183 6