Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik xalqimizga erkin va farovon hayot barpo etish, yurtimizning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini berdi. Bugun ushbu bebaho ne’matni qadrlash va asrab-avaylash bilan bir qatorda, kelajak avlodlar uchun ekologik toza, obod va yashil O‘zbekistonni barpo etish barchamizning muhim vazifamizdir.
Shu munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka, ishlaringizda muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz.
Mustaqillik bayrami barchamizni ona tabiatga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, tabiiy boyliklarimizni asrash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, havo va suv resurslarimizni avaylash yo‘lida yanada hamjihat bo‘lishga chorlasin. Bugun tabiat uchun qilayotgan har bir ezgu ishimiz kelajak avlodlar uchun munosib va farovon hayot poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, totuvlik va farovonlik doimo hukm sursin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
YUQORI TO'PALANG MILLIY TABIAT BOG'I JAMOASI



















