⚡SARIQAMISH KO'LI
Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departmenti tasarrufidagi "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i rekreatsiya zona hududida joylashgan Sariqamish ko'lining uzunligi 120 kilometr, eni 40 kilometr va chuqurligi 30-40 metrni tashkil qiladi. Sariqamish ko‘lining 70 % Turkmaniston Respublikasiga qarashli. Koʻlda sazan, ilonbosh, laqqa baliq va boshqa turli-xil baliq turlari mavjud. Shuningdek, fauna va flora dunyosiga boy tabiiy obyekt bo'lib hisoblanadi. Qushlardan O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi"ga kiritilgan turlardan choʻl burguti, Ilonho'r burgut, uzun dumli suv burguti, oq dumli suv burguti, jo'rchi, qizilgʻoz (Фламинго), vishildoq oq qush, pushti soqаqush kabi 100 dan ortiq noyob qush turlari uchraydi.
Telegram / Facebook / Instagram
7
2August 28, 2026 180 4