"Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i: post #4813 — TG.ME

#Ekoturizm

Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi rekreatsiya (turizm) zonasiga mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi hamda hududning betakror tabiati va manzaralari bilan tanishdilar. Hudud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida joylashgan. Rekreatsiya zona maydoni 69 515 gektardan iborat bo'lib "Sariqamish" ko‘lining 30 % o'z ichiga oladi, ko'lning qirg'og'i 120 kilometrga cho‘zilgan. Rekreatsiya zonasi jarliklar, balandligi 250–300 metrgacha boʻlgan qirgʻoq chinklari hamda choʻl ekotizimlaridan iborat. Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tabiat qoʻynida hordiq chiqarish imkoniyatlari yaratilgan.

Telegram / Facebook / Instagram
👍5
August 27, 2026 170 1