navai_davlat_universiteti #xalqaro_hamkorlik Navoiy davlat… — Edu.uz — TG.ME

#navai_davlat_universiteti #xalqaro_hamkorlik

Navoiy davlat universiteti va Bucheon University hamkorligi yangi bosqichda

Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov Koreya Respublikasida Bucheon University yangi Sosa kampusi ochilish marosimi va xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.

Muzokaralar yakunida tomonlar 2027-yildan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish hamda Navoiy davlat universitetida Sport ilmiy-reabilitatsiya markazini tashkil etishga kelishib oldi.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari 9-sentabr kuni Navoiy davlat universitetida “Koreys tili va koreys madaniyati markazi”ning ochilish marosimiga taklif etildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍1👏1😱1
August 29, 2026 9.7K 4