Oksford universiteti talabalari uchun Yozgi maktab boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning tashabbusi bilan tashkil etilgan Oksford universiteti O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun Yozgi maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari, taniqli turkolog Nikolas Kontovas, tashkilotchilar hamda Oksford talabalari ishtirok etdi.
Mazkur Yozgi maktab O‘zbekiston va Oksford universiteti o‘rtasidagi o‘zbek tili va o‘zbekshunoslik yo‘nalishidagi akademik hamkorlikning yangi bosqichi sifatida ahamiyatlidir. Oksforddagi o‘quv jarayonida ToshDO‘TAU huzuridagi “O‘zbek maktabi” tomonidan xorijliklar uchun A1–B1 darajada yaratilgan o‘zbek tili darsliklari hamda Uzacademy platformasidan foydalanilmoqda. 27-avgustdan 23-sentyabrgacha davom etadigan Yozgi maktabda talabalar o‘zbek tilini tabiiy muhitda o‘rganish bilan birga Chig‘atoy tili, xattotlik, tasavvuf, jadidchilik, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga oid mashg‘ulotlarda ishtirok etadar hamda ular uchun Samarqand va Buxoroga ma’rifiy safarlar uyushtiriladi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
18
16
8
7
3August 31, 2026 9.5K 12 6