#qutlov
Aziz yurtdoshlar!
Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi siz, aziz vatandoshlarimizni jonajon yurtimiz — O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Bu shonli sana — erkinlik va ozodlik, xalqimizning matonati, buyuk bunyodkorlik salohiyati hamda orzu-umidlarining yorqin timsolidir.
Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz ruhi hamisha baland, xonadonlaringizda tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovonlik va fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

42
18
8
6
5September 1, 2026 13.9K 7 33