Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
