Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish… — DSBA — TG.ME

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda qayd etilgan natijalar bilan bir qatorda, resurslardan samarali foydalanish, boshqaruv qarorlarining sifati va quyi bo‘g‘indagi mas’uliyat masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Hususan, yil boshida 2,2 million nafarni tashkil etgan ehtiyojmand aholi soni hozir 1,5 million nafarga tushgan. 49 ta tuman va 3 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda.
Shu bilan birga, hududlar kesimida natijadorlik o‘rtasida sezilarli tafovutlar mavjud. O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratilgan. Biroq bir xil hajmdagi resurs turli hududlarda turlicha natija bergan.


Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.

Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
September 3, 2026 2.3K 4