Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus”… — DSBA — TG.ME

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus” uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌BMT o‘zining markaziy, muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishi, mintaqaviy tuzilmalar esa uning sa’y-harakatlarini to‘ldirishi lozim;

📌Yangi dunyo tartiboti nafaqat xalqaro munosabatlar tizimidagi global kuchlar nisbatini mustahkamlashi, balki mintaqaviy muammolarning adolatli hal etilishiga ham xizmat qilishi kerak;

📌“ShHT plyus” maydoni davlatlar, mintaqalar va tashkilotlarni umumiy kun tartibi atrofida birlashtirishga qodir. Bu yerda turli tashabbuslarni o‘zaro uyg‘unlashtirish va global boshqaruv arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha muloqot olib borish mumkin va zarur;

📌O‘zbekiston Yevroosiyo makonida ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori;

📌Biz shunday ko‘p qutblilik tarafdorimizki, u yangi ajratuvchi chiziqlarni yaratmaydi, balki imkoniyatlar makonini kengaytiradi, mintaqaviy loyihalar va tashabbuslar o‘zaro raqobatlashmaydi, balki bir-birini samarali to‘ldiradi;

📌“ShHT plyus” formatini mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirishni muhim deb hisoblayman;

📌“ShHT plyus” mintaqaviy tashkilotlarning Hamkorlik tarmog‘ini yaratish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin;

📌BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mintaqaviy tashkilotlar salohiyatidan yanada faol foydalanish lozim;

📌Tabiatdan foydalanish, “yashil” energetika, raqamli xizmatlar va sog‘liqni saqlash sohalarida mintaqalararo loyihalar va texnologiyalarning Ochiq bankini shakllantirishni taklif etaman;

📌“ShHT plyus” madaniyatlar va sivilizatsiyalar doimiy forumini ta’sis etishni taklif etaman. Ushbu tadbirni BMTning manfaatdor tuzilmalari bilan birgalikda Xiva shahrida o‘tkazishga tayyormiz;

📌O‘zbekiston bundan buyon ham umumiy farovonlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga salmoqli amaliy hissa qo‘shishga tayyor.

Facebook|Instagram|X
September 1, 2026 1.3K 5