O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar
Hindiston bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda tovar ayirboshlash hajmini 2030 yilga qadar 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi (o‘tgan yili bu ko‘rsatkich ilk bor 1 mlrd dollardan oshdi).
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi. Ular savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.
Mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Narendra Modi O‘zbekistonning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
August 30, 2026 2.7K 5

