Toshkent viloyatining “Yallama”, “Navoiy” hamda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postlarida Qozog‘iston bojxonachilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish hamda chegara bojxona postlarida bojxona nazorati samaradorligini oshirish maqsadida “Yallama”, “Navoiy” va “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postlarida Qozog‘iston bojxonachilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bojxona qo'mitasi Raisi maslaxatchisi R.Kabulov hamda boshqarma boshlig'i E.Salixov ishtirokidagi uchrashuvda ikki davlat bojxona organlari o‘rtasida tezkor va samarali axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, bojxona nazorati jarayonlarini takomillashtirish hamda yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar amaliyotda uchrayotgan muammoli masalalar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashib, bojxona nazoratini yanada samarali tashkil etish, chegaradan tovar va transport vositalarining harakatlanishini yengillashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ta’kidlash joizki, so'ngi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda. 2026-yil davomida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3,27 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur uchrashuvlar ham ikki davlat bojxona organlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, chegaradagi bojxona nazorati samaradorligini oshirish hamda tashqi savdo ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
September 5, 2026 2.4K 5



