Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari O.Ibragimov boshchiligida… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari O.Ibragimov boshchiligida obyektlarda amalga oshirilayotgan loyihalashtirish, qurilish va rekonstruksiya ishlarining holatiga bagʻishlangan tanqidiy videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi

Tegishli tarkibiy tuzilmalarning rahbar oʻrinbosarlari, qurilish ishlari ketayotgan post boshliqlari, buyurtmachi, loyihachi hamda pudratchi tashkilotlar masʼullari ishtirok etgan yig'ilishda “Respublika qurilish shtabi” tomonidan bildirilgan eʼtirozlar va berilgan topshiriqlarning ijrosi har bir obyekt kesimida atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari va Hukumatning tegishli topshiriqlari asosida 2026–2027-yillarda loyihalashtirilishi hamda qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi belgilangan 25 dan ortiq obyektdagi ishlarning joriy holati, shuningdek, mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, hozirda 12 ta obyektda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, 16 ta obyekt boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Yigʻilish davomida mazkur obyektlar uchun yer maydonlarini ajratish, zarur loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash bilan bogʻliq masalalar mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda muhokama qilindi.

Qolaversa, Rais oʻrinbosari amalga oshirilayotgan ishlarni kunlik nazoratga olish, qurilish jarayonlarini jadallashtirish yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal qilish maqsadida hududiy “Qurilish shtablari” va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
September 4, 2026 3K 7