mustaqiilik_35 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#mustaqiilik_35

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati va "O‘zbekiston:24" telekanali hamkorligida hujjatli film tarzidagi "Birdamlik ruhi" maxsus ko‘rsatuvi namoyish qilindi.

Ko‘rsatuv ijodkorlari Andijondagi "Do‘stlik", "Qorasuv", Buxorodagi "Olot", Samarqanddagi "Jartepa", Farg‘onadagi "O‘zbekiston", Toshkent viloyatidagi "G‘ishtko‘prik", "Navoiy" chegara bojxona postlarida va chegaradosh mahallalarda bo‘lib, so‘nggi 10 yillikdagi o‘zgarishlarning yurtdoshlarimiz taqdiridagi o‘rnini hayotiy misollarda yoritib berishdi.

Ko‘rsatuvni kanalimiz orqali tomosha qiling.
September 3, 2026 3.7K 8