Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi… — 🏆CHOPSTTM — TG.ME

Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
 
Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
 
– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,

– dedi davlatimiz rahbari.
 
Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi.
 
Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi.

Facebook
|Instagram|X
August 29, 2026 27